19-aprelning e’tiborga molik xabarlari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Avgust oyidan e’tiboran Buxoroga tezkor poyezdlar qatnay boshlaydi. O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, Toshkent va Buxoro o‘rtasida tezkor temir yo‘l qatnovi 20-avgustdan boshlanadi.
2. O‘zbekistonda Qandim gazni qayta ishlash majmuasiga tamal toshini qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev, “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperov ishtirok etdi.
3. O‘zbekiston hukumati 2016-yilda fermerlardan 4 mln tonna meva va sabzavot xarid qiladi. Ilgariroq O‘zbekistonda 2016-yil hosilidan boshlab ho‘l meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari va uzum xaridiga davlat buyurtmasi joriy etilishi ma’lum qilingan edi.
4. AQShning O‘zbekistondagi elchisi Ravon Nexia’ning ruliga birinchilardan bo‘lib o‘tirdi. Pamela Spratlen 12—15-aprel kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlariga safar qilgan.
5. Video: Moskvada “Andijon polkasi”ga raqsga tushgan o‘zbekistonlik talabalar. O‘zbekistonlik talaba tomonidan YouTube videoxizmatiga joylashtirilgan videoyozuvda mo‘g‘ulistonliklardan so‘ng maydonga o‘zbekistonlik talabalar chiqib kelganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)