AQShning “Donald Kuk” eskadrilya mina tashuvchisining Kaliningradga yaqin hududga yuborilishi Rossiyaga harbiy bosim o‘tkazishga bo‘lgan urinishdan boshqa narsa emas. Bu haqda, “RBK” nashrining bildirishicha, Rossiyaning NATOdagi doimiy vakili Aleksandr Grushko bayonot berdi.
“Kaliningrad yaqiniga kelgan ‘Donald Kuk’ning vazifasi qanday edi? Gap mana shunda”, — dedi u 2014-yildan buyon birinchi marta o‘tkazilgan Rossiya–NATO Kengashi yig‘ilishidan so‘ng.
“Bu harbiy faoliyatga aloqador emas, bu Rossiyaga harbiy bosim o‘tkazish harakatidir”, — qo‘shimcha qildi Grushko.
O‘tgan hafta Rossiya havo kemalari AQShning “Donald Kuk” esminetsiga juda yaqin masofadan uchib o‘tishi jahon siyosiy sahnida jiddiy bahslarni keltirib chiqardi. “Donald Kuk” betaraf suvlarda turgan edi. Rossiya mudofaa vazirligi buni harbiy-havo kuchlari Boltiq suvlari uzra rejali o‘quv parvozlarini amalga oshirayotgani bilan izohladi.
Izoh (0)