Meksikada Zika bezgagi bilan kasallanganlar soni 239 kishiga yetdi. Bu haqda, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Aholisi 122 milliondan ortiq bo‘lgan mamlakatda virusni ilk bor yuqtirib olish holatlari 2015-yilning noyabr—dekabr oylarida qayd etilgan edi. O‘lim holatlari yoki og‘ir asoratlar haqida ma’lumotlar e’lon qilinmagan.
Hozirgi paytga qadar Zika virusi 65 nafar homilador meksikalikning qonida aniqlangan bo‘lib, ular maxsus kuzatuv ostiga olingan. Hozirgacha ulardan yetti nafari farzandini dunyoga keltirgan va bolalarning sog‘lom ekanligi qayd etilmoqda.
Izoh (0)