AQShda 75 yoshida Bill Kempbell — Kremniy vodiysining qator yetakchilari, jumladan, Apple va Google kompaniyalari asoschilari Stiv Jobs va Larri Peyjning ustozi saratondan vafot etdi, deb yozadi “RBK”.
Kempbell aslida 1970-yillarda Kolumbiya universiteti futbol jamoasining murabbiyi bo‘lgan. 1990-yillar o‘rtalarida moliyaviy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Intuit Inc. kompaniyasi rahbari, so‘ng direktorlar kengashining raisi bo‘lgan.
U texnologik kompaniyalar yetakchilariga konsultatsiya berish orqali eng ko‘p mashhurlikka erishdi, shu tufayli uni Murabbiy deb atashdi.
Kempbell Apple’ga o‘tgan asrning 80-yillarida marketing bo‘yicha vitse-prezident sifatida kelib qo‘shildi, 1997-yilda u yerga Jobs qaytib borgach, boshqaruv tarkibiga kirdi va 2014-yilgacha uning direktori bo‘lib ishladi.
Izoh (0)