Germaniyaning Mayns universiteti olimlari yagona atom yoki iondan iborat issiqlik dvigatelini yaratdi. Elektr qopqonga joylashtirilgan ion issiqlik energiyasini garmonik tebranishlarga aylantirishi mumkin, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.
Dvigatel uchun olimlar kvadruopol — to‘rtta turlicha to‘yintirilgan tayoqchadan iborat elektr qopqon yaratdi. Bunda hosil bo‘ladigan elektr maydon dvigatelning ish manbasi bo‘lib xizmat qiladigan kalsiy ionini ushlab turadi. Qopqondan tashqari, qurilma “isitgich” va “muzlatgich”dan ham iborat bo‘ladi. Elektr maydoni fluktuatsiyalari birinchisini, lazer esa ikkinchisining vazifasini bajaradi.
Olimlar tajriba davomida elektr maydonini o‘chirib-yoqib turdi, “muzlatgich” esa doimiy ishlab turdi. Natijada kalsiy ioni avval qizib, energiyasi ortdi, keyinchalik esa oldingi holatiga qaytdi. Dvigatel quvvati 3,4*10-22 joulni tashkil etdi.
Odatiy issiqlik dvigateli kamida 1024 atom yoki boshqa zarralarni o‘z ichiga oladi. Biroq zamonaviy texnologiyalar qurilmani mitti o‘lchamlargacha keltirish imkonini berdi.
Izoh (0)