Telegram messenjerining bot-platformasi yangilandi. TJournal’ning yozishicha, endi aqlli yordamchilardan nafaqat alohida chatlarda, balki maxsus buyruqlar yordamida istalgan suhbatda foydalanish mumkin.
Inlayn-botlar suhbatdosh bilan mavjud chatga so‘rov natijalarini darhol yuborish imkonini beradi. Yangi bot-platformaning imkoniyatlarini namoyish etish uchun Telegram to‘rtta bot tayyorladi — YouTube videoxostingi uchun, Foursquare geolokatsiya servisi uchun, Telegram’dagi stikerlar uchun va mumtoz musiqa qidiruvi uchun.
Botlar alohida chatga qayta ulanishni va so‘rov natijasini yo‘llash uchun boshqa foydalanuvchi bilan suhbatga qaytishni o‘zi mustaqil eplay oladi. Bundan tashqari, bot o‘zi yuborgan xabarni tahrirlay oladi, shuningdek, foydalanuvchidan uning qayerda turgani va telefon raqamini so‘rashni ham biladi.
Yangilangan botlardan foydalanish uchun Telegram’ning eng so‘nggi versiyasini yuklab olish zarur. Xabar berishlaricha, endi botlar Telegram’ning shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan versiyasida ham ishlaydi.
Yangiliklar bot-platforma bilan cheklanib qolgani yo‘q: messenjerda yuborilayotgan fotosuratga izoh ilova qilish imkoni paydo bo‘ldi, videopleyer o‘rnatildi, gif-fayllarni oldindan ko‘rish imkoni qo‘shildi, shuningdek, iOS va Android’ga mo‘ljallangan mobil dasturlar redizayn qilindi.
Izoh (0)