Apple sotuv sustligi sababli joriy yilning ikkinchi choragida iPhone ishlab chiqarishning qisqartirilgan hajmini saqlab qoladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Nikkei nashri oldinroq kompaniya birinchi chorakda iPhone 6s va iPhone 6s Plus modellarini chiqarishni taxminan 30 foizga pasaytirishi, mahsulot hajmi aprel—iyun oylarida me’yorga keltirilishini bildirgandi. Gazeta manbalariga ko‘ra, kompaniya talabni qondirish uchun yangi iPhone SE modelini ham yetarli darajada ishlab chiqarish niyatida emas.
Gartner Inc. ekspertlariga ko‘ra, 2016-yilda dunyo bo‘ylab smartfonlar sotuvining ko‘payishi kuzatuvlar tarixida birinchi bor 10 foizdan kam bo‘ladi: sotuv 7 foizga oshib, 1,5 milliard smartfonni tashkil etadi.
Izoh (0)