General Motors bir milliondan ortiq Chevrolet Silverado va GMC Sierra 1500 pikaplarini qaytarib olishini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobillar qaytarib olinishiga xavfsizlik kamarlaridagi nuqson sabab bo‘ldi. Kompaniya ular biror marotaba ham avtohalokat yoki shikastlanishga olib kelmaganini da’vo qilmoqda.
Mazkur kampaniya doirasida GM dilerlari 2014—2015-yillarda chiqarilgan AQSh hududidagi salkam 900 ming, mamlakatdan tashqarida sotilgan taxminan 142 ming dona Chevrolet Silverado va GMC Sierra 1500 pikaplari xavfsizlik kamarlari mahkamlash qismlarini o‘nglashiga to‘g‘ri keladi. GM mutasaddilari buning uchun ketadigan xarajatlar salmoqli bo‘lmasligini bildirmoqda.
Izoh (0)