Rossiyaning FESCO transport guruhi Vladivostok (Rossiya) — Qorako‘l (O‘zbekiston) yo‘nalishi bo‘yicha FESCO Bukhara Shuttle (FEBS) konteyner poyezdini ishga tushirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Birinchi FEBS poyezdi Qorako‘l stansiyasiga 10-aprel kuni yetib keldi.
Yo‘nalish uzunligi 9230 kilometrni, yo‘lga sarflanadigan vaqt 11 sutkani tashkil etdi. FEBS oyda ikki marta jo‘nab ketadi. Asosiy yukni Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi loyihasini amalga oshirish doirasida tashiladigan tovarlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda mahalliy servis FESCO agenti — Ardena Transport kompaniyasi tomonidan ta’minlanadi.
Izoh (0)