Facebook kompaniyasi qurilmaviy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha bo‘linmani ochdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Bu haqda kompaniya asoschisi Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida ma’lum qildi. U Building 8 deb nom oldi, yangi biznesni esa Google’dagi innovatsion texnologiyalar va loyihalar bo‘limi rahbari Regina Dugan boshqardi.
Facebook vakillari ta’kidlashicha, Building 8 eksperimental tadqiqotlar o‘tkazilib, vitual reallik va sun’iy intellekt sohasidagi mahsulotlar ishlab chiqariladigan o‘ziga xos laboratoriyaga aylanadi. Bo‘linmani yaratishdan ko‘zlangan global maqsad — kompaniyaga “dunyoni birlashtirish bo‘yicha missiya”da yordam beruvchi yechimlarni yaratishdan iborat.
Google’ga ishga kirgunicha, Dugan AQSh mudofaa vazirligining DAPRA yangi texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha agentligi rahbari lavozimini egallagan. U “ishlab chiqishning DAPRA’sifat uslubi” Building 8’da ishlatilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)