“VKontakte” va Telegram asoschisi Pavel Durov birinchi marta Forbes jurnali tuzadigan Rossiyaning eng boy 200 biznesmeni ro‘yxatiga kirdi, deb yozadi TJournal. U 135-o‘rinda joylashdi.
Forbes Durovning davlatini 0,6 milliard dollarga baholamoqda. Jurnalning Rossiyadagi reytingiga kirish uchun eng pastki chegara 2016-yilda 350 million dollarga teng bo‘ldi.
Nashr ta’kidlashicha, Durovning asosiy kapitali Telegram messenjeri hisoblanadi. Davlatni baholashda Forbes kishiga tegishli aktivlarning barchasi — kompaniyalar aksiyalari, yer maydonlari, ko‘chmas mulk obyektlari, shaxsiy boylik va boshqalarni pulga chaqadi.
Izoh (0)