Telegram messenjeri noqonuniy kontent tarqatadigan kanallarni yopib qo‘ya boshladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Xususan, KinoFilm kanali ochilmay qoldi, unda bot noqonuniy kontentga ega torrentlarga linklar taqdim etardi.
KinoFilm torrent-botiga kirishga urinish chog‘ida “kechirasiz, kanal mualliflik huquqlari buzilishi tufayli yopiq” degan xabar chiqadi.
Nashr ta’kidlashicha, Telegram’da eng yirik torrent-treker RuTracker.org hamda Flibusta onlayn kutubxonasining botlari eng ko‘p ommalashib ketgan edi, ular “Roskomnadzor” tomonidan sud qaroriga ko‘ra, yopib qo‘yilgan.
Izoh (0)