Yaponiyaning uch nafar fuqarosi Rossiya Federatsiyasining Tokiodagi elchixonasiga noqonuniy kirishga urindi. Bu haqda Rossiya diplomatik missiyasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar beradi.
Matbuot xizmati xodimlarining so‘zlab berishicha, elchixona hududiga Yaponiyaning uch nafar fuqarosi, ularning so‘zlariga qaraganda, kelib chiqishi shveysariyalik bo‘lgan ota va ikki qiz kirishga uringan.
Elchixona vakillarining ma’lum qilishicha, Amerikaga qarshi qarashlari tufayli Yaponiyada ta’qib qilingan fuqarolar elchixonaga siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilmoqchi bo‘lgan.
Elchixona matbuot xizmatining ta’kidlashicha, siyosiy boshpana berish haqidagi iltimosnoma belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va yaponiyalik fuqarolarga qabul qilingan qaror haqida ma’lum qilinadi.
Izoh (0)