Indoneziyalik ikki harbiy xizmatchi 7-aprel, payshanba kuni Jakartadagi aviashouga tayyorgarlik chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat harbiy-havo kuchlari vakili Dvi Badarmantoning bildirishicha, ulardan biri parashyuti ochilmagani tufayli 3,8 ming metr balandlikdan qulab, nobud bo‘lgan. Ikkinchisi esa kuchli shamol tufayli parvoz ustidan nazoratni yo‘qotgan.
Ikki desantchi ham HHKning elita bo‘linmalari safida xizmat qilgan va yuzlab boshqa parashyutchilar qatorida ushbu qo‘shinlar turining 70 yilligiga bag‘ishlangan bayram tayyorgarligida ishtirok etayotgandi.
Izoh (0)