Moskva metropoliteni bekatlarida yo‘lovchilar bepul foydalanishi mumkin bo‘lgan kamida 30 ta biohojatxona paydo bo‘ladi. Ayni paytda ular o‘rnatiladigan joylar tanlanmoqda. Bu haqda metro matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
“Hozirda bekatlarni ko‘rib chiqib, me’moriy ko‘rinishga xalaqit bermasligi, shu bilan birga, yo‘lovchilar topishiga qulay bo‘lishi uchun qayerda kabinalarni o‘rnatish mumkinligi tahlil qilinmoqda. Bu sinov tariqasidagi bitta kabina emas, metropolitenning turli bekatlaridagi kamida 30 ta biohojatxona bo‘ladi”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)