• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    O‘zbekistonda “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun: u nimaga kerak va qachon qabul qilinadi?

    O‘zbekistonda “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu borada hozirgi qadar qanday ishlar amalga oshirilgani va, umuman, qonunning qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsadlar haqida “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan material orqali axborot olishingiz mumkin.

    Foto: “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati

    Foto: “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati

    Yangicha iqtisodiy sharoitlarda kinematografiya sohasida davlat nazorati hamda audiovizual asarlarni yaratish (ishlab chiqarish), ko‘paytirish, foydalanish va ularni saqlash bilan bog‘liq jarayonlarni huquqiy jihatdan tartibga solish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda audiovizual sohadagi munosabatlar turli huquq tarmoqlaridagi bir qator qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinmoqda. Bevosita kinematografiyaga taalluqli huquqiy normalarning yagona tizimi mavjud emasligi, ayrim huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinmay qolayotganligi milliy kinematografiyani jahon standartlari darajasiga olib chiqish imkonini bermayapti.

    O‘zbekiston Prezidentining 2004-yil 16-martdagi “Kinematografiya sohasini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-martdagi “‘O‘zbekkino’ Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kinematografiya sohasini huquqiy tartibga solishda o‘z vaqtida qabul qilingan muhim hujjat bo‘ldi. Lekin o‘tgan 12 yil sohada hal etilishi lozim bo‘lgan qator muammo va kamchiliklar yig‘ilib qolganligini ko‘rsatmoqdaki, bu milliy kinematografiyani ham tubdan o‘zgartish uchun yangi qonun hujjatlarini qabul qilish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

    Shulardan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-fevralda qabul qilgan qarori bilan tasdiqlangan “2016-yil uchun qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish Dasturi”ga “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish masalasi kiritilgan bo‘lib, u joriy yilning sentabr oyida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi kerak.

    Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha hukumat tomonidan tasdiqlangan Reja-grafikda belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi mutaxassislari, turli vazirlik va idoralar vakillari va sohada faoliyat ko‘rsatayotgan kinodramaturglar, kinorejissyorlar va kinoshunoslardan iborat tarkibda Ishchi guruhi tuzilib, hozirda qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan amaliy ishlarga kirishilgan.

    Ishlab chiqilayotgan qonun loyihasi qanday bo‘lishi kerak? Undagi normalar kinematografiya sohasidagi qaysi munosabatlarni huquqiy tartibga soladi? Bu haqda quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

    Tayyorlanayotgan qonun loyihasini ikki alohida — Umumiy va Maxsus qismlarga bo‘lish mumkin.

    Umumiy qismda:

    1. Ushbu qonun bilan tartibga solinadigan sohalar aniqlanadi. Kinematografiyaning asosiy tamoyillari hamda kinematografiya sohasida faoliyat ko‘rsatayogan fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari o‘rnatilib, o‘zbek kino san’atining ustuvor yo‘nalishlari belgilanadi.

    2. O‘zbekiston qonunchiligi tizimida yangi qonunning o‘rni, uning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan aloqadorligi belgilanib, kinematografiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yagona majmuasi yaratiladi.

    3. Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi talablardan kelib chiqib, mazkur sohada davlat siyosatining asoslari belgilanadi.

    4. Kinematografiya sohasidagi terminlar tushunchasi beriladi (hozirgi kunda keng tarqalgan, audiovizual sohadagi mavjud qonun hujjatlaridagi terminlarning tushunchasi notugalligi, ayrimlarining bir-biriga qarama-qarshiligi amaliyotda noaniqliklarga sabab bo‘lib, bu salbiy huquqiy va iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ishlab chiqiladigan qonunda milliy va chet el qonunchiligi amaliyoti asosida kinematografiyaga taalluqli yangi terminlar tizimi yaratiladi. Masalan, qonun loyihasida “milliy film”, “hamkorlikdagi film” va “xorijiy film” tushunchasini belgilash zarur bo‘lib, uning maqomini o‘zlashtirishda aniq mezonlarga asoslanish va uning huquqiy oqibatlari inobatga olinishi lozim (shu jumladan prodyuser, distribyutor, investor va boshqa terminlarda ham).

    5. Milliy kinematografiyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllari va uni amalga oshirish tartibi va shartlari belgilanadi.

    Qayd etish kerakki, milliy kinematografiyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-martdagi qarori qabul qilinganidan keyin kino ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir bosqichda ahamiyatli hujjat sifatida muhim rol o‘ynadi. Lekin hozirgi kunda ushbu hujjat har tomonlama qayta ko‘rib chiqishga muhtoj.

    Shunga ko‘ra, qonun loyihasiga:

    • rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda kinematografiyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllarini belgilash;
    • kinematografiya sohasidagi tashkilotlarni qayta jihozlash va modernizatsiya qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (birinchi navbatda, kino ishlab chiqaruvchi va aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi davlat korxonalarini);
    • milliy filmlarni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni qaytarish samarasini oshirish va uni mamlakatda keng targ‘ib qilish uchun xorij filmlari namoyishiga kvotalar belgilash (bunda O‘zbekiston hududida namoyishga qo‘yiladigan xorij filmlarining prokatdagi ulushiga cheklovlar (foiz) qo‘yiladi. Bunga misol qilib, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Hindiston va Germaniya kabi xorij davlatlar hududida xorijiy filmlarni namoyishiga kvotalar belgilanligini ko‘rsatish mumkin);
    • tijorat banklari tomonidan milliy filmlar ishlab chiqarish uchun imtiyozli kreditlar berilishida davlat kafolatini belgilash;
    • filmlarga prokat guvohnomasi berish va kinoteatr chiptalaridan yig‘imlarni joriy etish belgilanadi. Yig‘ilgan mablag‘lar milliy kinematografiyani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasiga maqsadli yo‘naltiriladi).
    6. Filmlarni doimiy saqlash tartibi belgilanadi (e’tiborlisi shundaki, filmlarni doimiy saqlash tartibini belgilovchi qonun hujjatlarining mavjud emasligi hozirgi kunda ularning yo‘q bo‘lib ketish xavfini yuzaga keltirgan. Binobarin, filmning nusxasi, alohida hollarda filmning birlamchi materiallari majburiy tartibda Arxiv fondiga topshirilishi va ular milliy boylik (mulk) sifatida saqlanishi zarur (shu jumladan, xususiy studiyalar tomonidan yaratilgan filmlar ham).

    Shu bilan birga, qonunda turi va janriga qarab turlicha toifada bo‘lgan filmlarning alohida jihatlari belgilanadi. Bundan tashqari, o‘quv filmlari (o‘quv yurtlari talabalarining bosqich (kurs) va diplom ishlari), shuningdek davlat buyurtmasi asosida tayyorlanadigan debyut-filmlarning maqomi belgilanishi mumkin.

    7. O‘zbekistonda bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida milliy kinematografiya sahnasida paydo bo‘lgan prodyuserlar, distribyutorlar, investorlar va boshqa subyektlarning huquqiy maqomi belgilanadi (hozirgi kunda ushbu nomlar tez-tez uchrab tursada, ularning huquqlari, majburiyatlari va vazifalari huquqiy jihatdan belgilanmaganligi amaliyotda kinoasarlar yaratish jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirib, filmlarni suratga olish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi).

    8. Kinematografiya sohasidagi boshqaruv organlarining tarmoq sifatida tizimi belgilanadi, sohada faoliyat ko‘rsatuvchi jamoatchilik tashkilotlarini tashkil etish tartibi va ularning o‘rni aniqlanadi.

    Maxsus qismda:

    1. Kinoasarlarni yaratish (ishlab chiqarish) va ulardan foydalanish (prokat qilish, tarqatish, ko‘paytirish)ning turli bosqichlaridagi huquqiy munosabatlarning alohida jihatlari belgilanadi.

    1.1. Filmlar ishlab chiqarish bosqichida:

    kinoasari yaratishdagi barcha ishtirokchilar o‘rtasida mualliflik-huquqiy, mehnat va xo‘jalik munosabatlari mustahkamlanadi, ularning film ishlab chiqarish jarayonidagi funksiyalari va o‘zaro huquq va majburiyatlari belgilanadi (kinematografiya sohasidagi mualliflik-huquqiy munosabatlarni amaldagi qonunchilik, birinchi navbatda, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonun bilan to‘liq tartibga solish imkoni yo‘q, bu esa amaliyotda, ayniqsa ijodkorlarga mualliflik haqini mutanosib ravishda to‘lashda ularning huquqlari buzilishiga olib keladi. Xodimlarga bog‘liq bo‘lmagan holda oldindan rejalashtirilmagan ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlar va ishsiz turib qolish kabi mehnat munosabatlaridagi o‘ziga xos xususiyatlar qonunda o‘z aksini topishi zarur, shuningdek kinematografiya sohasida ixtiyoriy va majburiy sug‘urtalash tizimini qonun hujjatlari bilan mustahkamlash zarurati amaliyotda ancha vaqt oldin yuzaga kelgan masaladir);

    milliy filmlar ishlab chiqarilishini davlat tomonidan moliyalashtirish va davlatning boshqa ko‘rinishdagi qo‘llab-quvvatlash shartlari belgilanib, qo‘llab-quvvatlashning aniq mezonlari va tartibi ko‘rsatilgan holda davlat ko‘magini oluvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari doirasi aniqlanadi; davlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi sifatida hamprodyuser (soprodyuser) bo‘lishi, va bu kabi qo‘llab-quvvatlash orqali yaratilgan kinoasarlarga nisbatan mulkiy huquqining bir qismini egasi bo‘lishi mumkinligi belgilanadi.

    1.2. Film ishlab chiqarishni yakunlash va uni foydalanishga tayyorlash bosqichida:

    filmni qabul qilish tartibi o‘rnatilib, film nusxalari va birlamchi materiallarni qabul qilib olishning texnik standartlari belgilanadi (ushbu bosqichda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish choralarini qonun hujjatlarida mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston hududida filmlardan foydalanish (prokat qilish, namoyish qilish, tarqatish, ko‘paytirish va hok.) uchun texnik va texnologik talablarni belgilashda filmlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (registratsiya qilish) va prokat guvohnomasini berish mexanizmini ishlab chiqish zarur bo‘ladi);

    1.3. Filmlardan foydalanish bosqichida:

    audiovizual asarlardan foydalanish bilan bog‘liq asosiy faoliyat turlarini litsenziyalash sharti belgilanadi (Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarorida audiovizual asarlardan foydalanish faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi belgilangan. Lekin, audiovizual asarlardan foydalanish faoliyat turlarini litsenziyalash ikkita alohida organ, ya’ni “O‘zbekkino” MA (ekranda namoyish etish faoliyat turi bo‘yicha) va Intellektual mulk agentligi tomonidan (filmlarni takrorlash, sotish, prokatga berish faoliyat turlari bo‘yicha) litsenziyalanishi audiovizual asarlardan foydalanishni amalga oshiruvchi subyektlar faoliyati ustidan tizimli nazorat o‘rnatish imkonini bermaydi).

    Shunday ekan, Qonun loyihasiga filmlardan foydalanish tamoyillari kiritilishi, shuningdek filmlarni prokat qilish va ommaviy namoyish etish, filmlarni tayyorlash, ko‘paytirish va tarqatishdagi umumiy talablar belgilanishi maqsadga muvofiq. Ushbu talablarning qonunda mustahkamlanishi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxati”ga kinematografiya sohasida ruxsat berish tartib-taomillari kiritilishiga asos bo‘lib, kelgusida har bir filmning qonunda belgilangan talab va shartlarga muvofiqligini ekspert baholash va ulardan foydalanishga ruxsat berish tartibini o‘rnatish imkonini yuzga keltiradi.

    kinoasarlardan foydalanishda televideniyening imkoniyatlarini hisobga olish zarur (buning uchun, filmlarning namoyishini tashkil qilishda ularning reklama bloklarini telekanallarda joylashtirish kabi qoidalarni amaldagi qonun hujjatlariga (masalan, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga) kiritish mumkin).

    milliy filmlarning mahalliy va xalqaro kinofestivallardagi ishtirokini tartibga solishga qaratilgan normalar kiritiladi (bunda milliy filmlarning mahalliy va xalqaro kinofestivallarda ishtirokini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (moliyalashtirish)ning tamoyillari va tartibi nazarda tutiladi).

    1.4. Filmlarni (nusxa va birlamchi materiallarini) saqlash bosqichida:

    filmlar materiallarini yig‘ish, saqlash, o‘rganish va tiklash faoliyatini amalga oshiruvchi arxivlar (kinofond) faoliyati huquqiy tartibga solinadi (bunda materiallarni qabul qilish tartibi, ularning texnik sifati ustidan nazorat qilish, saqlanayotgan materiallardan arxivlarning foydalanishi, shuningdek ularni huquq egalariga va foydalanuvchilarga taqdim etish tartibi nazarda tutiladi).

    2. Kinematografiya sohasidagi tashkilotlarni soliqlar va bojxona yig‘imlaridan ozod qilish tartibi va shartlari belgilanadi.

    Xususan:

    • korxonalar qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) va foydadan olinadigan soliqdan ozod etiladi (bu esa korxonalarning kinematografiya faoliyati bilan shug‘ullanishiga qulayliklar rejimini yaratib, mablag‘ taqchilligi sharoitida kinostudiyalarning o‘z qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan milliy filmlarni ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshiradi va ko‘rsatiladigan xizmatlarga (ishlab chiqarish va namoyish qilishga) sarflanadigan xarajatlar kamayadi);
    • import va eksport bilan bog‘liq, O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan va ushbu hududdan olib chiqiladigan kinomahsulotlar, kinomateriallar va kinouskunalar uchun kinematografiya tashkilotlari bojxona boji va yig‘imlardan ozod qilinadi (buning natijasida, O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan zamonaviy xorij kinouskunalarining tannarxi arzonlashib, kinematografiya sohasidagi korxonalarni, birinchi navbatda davlat tasarrufidagi kinostudiyalarni texnik va texnologik jihatdan ta’minlash (modernizatsiya qilish) imkoni yuzaga keladi);
    3. Kinematografiya sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy tamoyillari belgilanadi. Xususan:
    • O‘zbekistonning ushbu sohadagi xalqaro konvensiyalar va xalqaro tashkilotlardagi ishtirokidan kelib chiqib, kinematografiya yo‘nalishida xalqaro siyosat tamoyillari belgilanadi.
    • qonunda hamkorlikda film ishlab chiqarishning alohida tartibi belgilanadi; xorijiy hamkorlar ishtirokida yaratilgan milliy filmlardan foydalanish tartibi o‘rnatiladi va hk;
    • O‘zbekiston hududida xalqaro kinofestivallarni o‘tkazish va O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslarining xorijiy kinofestivallarda ishtirok etishi tartibi belgilanadi.
    4. Kinematografiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

    Qonun loyihasini tayyorlash 2016-yilning iyun oyiga qadar yakuniga yetkazilib, jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasiga qo‘yiladi. Muhokama jarayonida berilgan takliflar va mulohazalar Ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, qonun loyihasi joriy yilning iyul oyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi rasmiy veb-saytiga va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtiriladi.

    07.04.2016, 16:11   Izoh (0)   4488
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Erkin Komilov: “Do‘lana” qo‘shig‘i klipida suratga tushganimdan afsuslandim

    07.04.2016, 16:08

    O‘zbekistonlik rejissorlar Qozog‘istonda film suratga oldi (treyler)

    07.04.2016, 11:33

    Rayhon: qo‘shiqlarimning formati davlat tadbirlariga mos kelmas ekan

    07.04.2016, 11:18

    Aktyor Baxtiyor Qosimov vafot etdi

    07.04.2016, 10:45

    Rayhon: ko‘nglim bo‘shligi uchun deputat bo‘la olmayman

    07.04.2016, 09:40

    Shohruxxon va Asal Shodiyeva to‘ydan oldingi fotosessiyani o‘tkazgani taxmin qilindi (foto)

    06.04.2016, 13:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.