4-aprel kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva o‘z fan klubi a’zolari bilan uchrashdi va ularning savollariga javob berdi. Intervyu chog‘ida berilgan savollar va Rayhonning javoblarini “Daryo” muxbiri va Rayhonning muxlisi Ulug‘bek Xudoyberganov yozma shaklda taqdim etdi.
Xonanda “O‘zingizni kelajakda siyosatda ham sinab ko‘rib, deputat bo‘lishingiz mumkinmi?” — qabilida berilgan savolga javoban, siyosatdan uzoq odam ekanligini ma’lum qildi.
“O‘zbekistondagi partiyalar soni to‘rtta ekanligini hozirgina sizdan bildim, rahmat (savol bergan muxlis mamlakatda to‘rtta partiya faoliyat yuritayotganini aytib o‘tgandi). Men umuman siyosatdan uzoq odamman. Siyosat ko‘proq erkaklarga yarashadigan ish. Men san’atkorman. Agar men deputat bo‘lsam davlatning pullarini ko‘nglim bo‘shlik qilib odamlarga berib yuborsam kerak”, — dedi Rayhon kulib.
Shuningdek, qo‘shiqchi fan-klub bilan uchrashuv davomida Moskvaga shaxsiy sabablarga ko‘ra safar uyushtirgani, kinodan uzoqlashib ketgani, ammo yaxshi ssenariy chiqsa, o‘ylab ko‘rishini, bu yil dam olishga Antaliyaga emas, boshqa shaharga borishini ma’lum qildi.
Izoh (0)