Adika production studiyasi “Mening begonam” filmining rasmiy treylerini e’lon qildi, deb yozadi “1News.uz”. Qozog‘istonda mahalliy aktyorlar ishtirokida suratga olingan ushbu kartinaga o‘zbekistonlik Yodgor Nosirov va Bobur Yo‘ldoshev rejissorlik qildi.
Film aeroportda jomadonlari almashib ketgan, oxir-oqibat esa bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan yigit va qiz haqida hikoya qiladi. Suratga olish ishlari Olmaota shahrida va Charin kanyonida bo‘lib o‘tdi.
“Mening begonam” Rossiya va O‘zbekistondagi xalqaro kinofestivallarda namoyish etilishi kutilmoqda.
Izoh (0)