Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining “D” guruhida ishtirok etayotgan Qarshining “Nasaf” klubi musobaqaning 4-turida Qatar klubi “Al-Jaish” bilan golsiz durang o‘ynadi — 0:0.
Tomonlarning Qatarda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinida Sardor Rashidovning yagona goli “Al-Jaish”ga 3 ochko taqdim etgandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Qarshi shahridagi o‘yinni ham boshlang‘ich tarkibda o‘tkazdi. U birinchi o‘yinning 87-daqiqasida gol urgan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvning mana shu daqiqasida almashtirildi.
4-turdan keyin “Nasaf” 4 ochko bilan o‘z guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi. “Al-Jaish” hisobida esa endilikda 10 ta ochko bor.
Guruhning ikkinchi uchrashuvi 5-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 22:25 da start oladi. Unda Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi o‘z maydonida BAAning “Al-Ayn” jamoasini qabul qiladi. Har ikki klub 3 ta o‘yinda 3 ochko jamg‘argan.
Osiyo Chempionlar Ligasi “D” guruhi, 4-tur uchrashuvi 5 aprel, seshanba
“Nasaf” (O‘zbekiston) — “Al-Jaish” (Qatar) 0:0
Ogohlantirishlar: Sherzod A’zamov, 32 (N). Majid Muhammad, 35 (A). Artur Gevorkyan, 84 (N).“Nasaf”: Eldor Suyunov, Maqsud Karimov, Shuhrat Muhammadiyev, Ilhom Shomurodov, Dilshod Rahmatullayev, Artur Gevorkyan, Bahrom Abdurahimov (Aziz G‘aniyev, 78), Erkin Boydullayev, Azamat Allaniyazov (Bobir Abduxoliqov, 63), Sherzod A’zamov, Saydullo Rahmatov.
“Al-Jaish”: Xalifa Ababakar, Murod Naji, Lukas Mendes, Yosir Isa, Abdurazzoq Hamdallah, Sardor Rashidov (Otman Al Yahri, 86), Majid Muhammad, Abdurahmon Muhammad, Xolid Az-Zereqi, Ahmad Moyein, Romaringo.
Izoh (0)