Bugun, 5-aprel kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasida 4-tur uchrashuvlari start oladi. Shu kuni musobaqaning “B” guruhida qatnashayotgan “Bunyodkor” Eronda “Zob Ohan” mehmoni bo‘ladi (o‘yin 20:30 da boshlanadi), “D” guruhi ishtirokchisi “Nasaf” esa o‘z maydonida Qatarning “Al-Jaish” klubini qabul qiladi (o‘yin 18:45 da boshlanadi).
“Daryo” internet-nashri “Nasaf” — “Al-Jaish” va “Zob Ohan” — “Bunyodkor” uchrashuvlaridan bitta umumiy matnli onlayn uyushtiradi. Taxminan 22:45 ga qadar davom etuvchi umumiy onlayn taxminan 18:30 da boshlanadi.Mavzuga doir
×
Izoh (0)