Chexiyada gripp epidemiyasi 65 kishining umriga zomin bo‘ldi. 195 kishi kasallikdan keyingi og‘ir asoratlardan davolanmoqda. Bu haqda davlat sog‘liqni saqlash ilmiy-tadqiqot instituti vakili Yan Kinchl ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Mutaxassisning bildirishicha, mamlakatda A(H1N1) virusi qo‘zg‘agan gripp epidemiyasi asta-sekin pasayib bormoqda. Kasallikka chalinganlarning asosiy qismi markaziy va shimoliy Chexiya, Praga va janubiy Moraviyada kuzatilgan.
Izoh (0)