Zika bezgagi tarqalgan mamlakatlar soni 47 taga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Panamerika sog‘liqni saqlash tashkiloti va Yevropa yuqumli kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining 2016-yil 1-aprel holatiga taqdim etgan rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, 2015-yilning aprelidan buyon Braziliyada, keyinchalik boshqa mamlakatlarda Zika bezgagining epidemik tarqalishi davom etmoqda. Zika bezgagining epidemik tarqalishiga duchor bo‘lgan mamlakatlarning jami soni 47 tani tashkil etadi.
Zika bezgagining AQSh hududiga (312 ta holat) va Yevropaning 17 ta mamlakati hududiga (302 ta holat) kirib kelganligi qayd etilmoqda. 46 ta holatda kasallikka chalinganlar homilador ayollardan iborat bo‘lgan.
Izoh (0)