Turkiya politsiyasi Rossiyaning Suriyada urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchuvchi Oleg Peshkov o‘ldirilganligi uchun javobgarlikni zimmasiga olgan Alparslan Chelik qo‘lga olinganini tasdiqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Alparslan Chelik chindan ham qo‘lga olingan va ayni paytda hibsda saqlanmoqda”, — deya ma’lum qilgan politsiyadagi manba.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq do‘stlari bilan Suriyadan qaytganini nishonlayotgan Chelik Izmirda qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)