Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatda muddatidan avval prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Bu Suriya xalqi muddatidan avval prezidentlik saylovlari o‘tkazilishiga munosabati, xohish-irodasiga bog‘liq. Agar shunday xohish bo‘lsa, bu men uchun muammo emas. Ayrim muxolifat kuchlarining emas, xalq istagiga quloq tutish mutlaqo tabiiy holat. Bu har bir fuqaroga tegishli masala, chunki u prezident uchun ovoz beradi”, — deya ta’kidlagan Asad.
Davlat rahbari muddatidan avval prezidentlik saylovlari o‘tkazilishining talab etilishi “joriy siyosiy jarayonning bir qismi sifatida ilgari surilmagani”ni ma’lum qildi.
Izoh (0)