Italiya huquqni himoya qilish organlari Pyombino shahrida yashovchi hamshirani 13 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumon qilib, hibsga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Pyombino kasalxonasining anesteziya va jonlantirish bo‘limlarida ishlagan ayol 2014—2015-yillarda jonlantirish bo‘limiga turli kasalliklar bilan yotqizilgan bemorlarga nisbatan jinoyatlarni amalga oshirishda gumonlanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hamshira “qotillik quroli” sifatida bemorlardan hech biriga tayinlanmagan doridan foydalangan.
Gumonlanuvchini hibsga olish bo‘yicha operatsiya 30-mart, chorshanba kuni kechqurun yakunlangan. Ushbu tekshiruv doirasida politsiyaning maxsus bo‘limi qator tintuvlarni o‘tkazmoqda.
Izoh (0)