Pokiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tgan sutkalar mobaynida Islomobod markazidagi namoyishning 700 dan ortiq ishtirokchisi hibsga olindi. Bu haqda Geo TV telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Hibsga olinganlarga nisbatan jamoat tartibini buzish, vandalizm (namoyishchilar shaharning transport va kommunal infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazgan), shuningdek, ruxsat berilmagan namoyishni tashkil etish yuzasidan ayblov e’lon qilingan.
27-mart, yakshanba kuni kechqurun Ravalpindi shahridan yetib kelgan o‘n mingga yaqin namoyishchi Islomobodning “qizil” (hukumat) hududiga kirishga erishgan edi. Shundan keyin ular politsiya, chegara, ichki ishlar va quruqlikdagi qo‘shinlar bo‘linmalari yordamida tarqatib yuborilgan.
Namoyishning tashkilotchisi “Sunni tehrik” radikal harakati bo‘lib, norozilik uchun sobiq politsiyachi Mumtaz Qadriyning qatl etilishi sabab bo‘lgan.
Izoh (0)