O‘zbekistonda 28-martdan 3-aprelgacha — yetti kun davomida har kuni yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.
Gidrometeorologiya xizmat markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 28—31 mart kunlari ba’zi joylarda ayniqsa kuchli yomg‘ir yog‘adi. Xabar berishlaricha, 29-martga o‘tar kechasi va kunduzi Qorqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va O‘zbekistonning tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shuningdek, shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.
Izoh (0)