28-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekiston Markaziy banki 10 ming so‘mlik kupyura muomalaga chiqarilishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi. Haqiqiyligi tasdiqlanmagan kupyuraning orqa tomonidan Shahrisabzdagi Oqsaroy maydoni aks etgan.
2. Toshkent shahridagi barcha tramvay yo‘nalishlari yopiladi. Birortasi qolmaydi. Ularning o‘rnida avtobuslar harakatlanadi. Bundan tashqari, shaharda yana bir qator yo‘l o‘tkazgichlar va uchinchi transport halqasi quriladi.
3. Bryusseldagi terakt qurbonlari soni 35 kishiga yetdi. “To‘rt nafar bemor shifoxonalarda vafot etdi. Shifokorlar qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi”, — dedi Belgiya sog‘liqni saqlash vaziri Maggi de Blok.
4. Suriya armiyasi qo‘mondonligi Palmira ozod etilganini rasman tasdiqladi. Bu sahifaga o‘tib, ozod etilgan Palmira suratlari bilan tanishishingiz mumkin.
5. Ispaniyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba qizning yaqinlari uning xotirasini yodga oldi. 20-mart kuni Ispaniyaning Tarragona provinsiyasida yuz bergan avtohalokat turli mamlakatlardan kelgan 13 nafar talabaning hayotiga zomin bo‘ldi. Ular orasida Avstriyaning MODUL universitetida tahsil olayotgan samarqandlik Mohina Abdusaidova ham bor edi.
Izoh (0)