AQShning Alabama shtatida 26-mart kuni qulagan tibbiy vertolyot bortida bo‘lgan to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “AL.com”ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyotda bo‘lgan uchuvchi, hamshira, tibbiy xodim va bemor halok bo‘lgan.
Vertolyot mahalliy vaqt bilan 12:17 da ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan edi. Taxminlarga ko‘ra, uch daqiqadan so‘ng halokat sodir bo‘lgan.
Vertolyot oyog‘i singan bemorni Montgomeridagi shifoxonaga olib ketayotgan edi.
Izoh (0)