Bryussel aeroportida portlamay qolgan portlovchi uskuna topildi. Bu haqda, Euronews telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
22-mart, seshanba kuni Belgiya poytaxti Bryussel aeroportida ikki portlash yuz berdi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgan, bir necha o‘n kishi tan jarohati olgan.
Shuningdek, 22-mart kuni Bryussel metrosida ham portlash yuz bergani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Butun mamlakat bo‘ylab terrorchilik tahdidining eng yuqori darajasi e’lon qilingan.
Izoh (0)