Bratislavada 20-mart, yakshanba kuni Slovakiya respublikasining birinchi prezidenti Mixal Kovach shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Respublikaning 85 yoshli sobiq rahbarining sog‘lig‘i yomonlashdi va u tez yordam mashinasida Rujinov tumani shifoxonasiga yetkazildi”, — dedi mamlakat Birlashgan qutqaruv xizmati vakili Boris Xmel jurnalistlarga.
“Mixal Kovach sog‘lig‘ini barqarorlashtirishga erishildi. Uning hayoti uchun xavf yo‘q. Shunga qaramasdan, uni shifoxonaga yotqizishga qaror qilindi”, — deb ta’kidladi u.
Bu sobiq prezidentning mart oyi davomida ikkinchi marta shifoxonaga yotqizilishidir. Mixal Kovach mamlakatni 1993—1998-yillarda boshqargan.
Izoh (0)