Yaponiya “sovuq urush” davrida eksperiment maqsadida o‘z hududiga keltirilgan plutoniy partiyasini AQShga yuboradi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ayni paytda Ibaraki prefekturasidagi Tokaimura yadro markazi omborida 331 kg plutoniy saqlanmoqda. U 40—50 ta yadro o‘qini tayyorlash uchun yetarli bo‘ladi. 21-mart kuni u yerga Britaniyaning Pacific Egret kemasi yetib bordi, u yuqori radioaktiv materiallarni tashish uchun mo‘ljallangan.
Plutoniy partiyasi to‘liq yoki qisman yuborilishi hozircha noma’lum. Kema harakati yo‘nalishi ham xavfsizlik yuzasidan oshkor etilmayapti.
Ushbu plutoniy AQShning Janubiy Karolina shtatidagi Savanna-River yadro majmuasida ishlatilishi kutilmoqda.
Izoh (0)