Kecha, 14-mart kuni Toshkent shahridagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ITF turkumidagi Tashkent ITF Juniors tennis musobaqasi start oldi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
Mazkur musobaqada 18 yoshgacha bo‘lgan 10 dan ortiq davlatdan kelgan yosh va mahoratli tennischilar ishtirok etmoqda.
Musobaqaning birinchi raketkasi sifatida e’tirof etilgan o‘zbekistonlik Jo‘rabek Karimov dastlabki davrada Janubiy koreyalik Yongseok Jongga qarshi bahs olib bordi va 6:2, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik tennischilardan Humoyun Sultonov hamda Sharobiddin Abzalov mos ravishda Lyuis Nyuman (Buyuk Britaniya) va Gustavs Lukstinsni (Latviya) mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Tashkent ITF Juniors. 1-kundan o‘rin olgan uchrashuvlarning natijalari
Jo‘rabek Karimov (O‘zbekiston, 1) – Yongseok Jong (Janubiy Koreya) – 6:2, 6:0Humoyun Sultonov (O‘zbekiston, 2) – Lyuis Nyuman (Buyuk Britaniya) – 6:1, 6:3
Azamat Lukmanov (O‘zbekiston) – Dxruf Sunish (Hindiston) – 6:7(6), 0:6
Azamat Tohirov (O‘zbekiston) – Sergey Ksenzov (Rossiya) – 2:6, 7:5, 0:6
Sharobiddin Abzalov (O‘zbekiston) – Gustavs Lukstins (Latviya) – 6:0, 6:0
Timur Sottimov (O‘zbekiston) – Ilgiz Valiyev (Rossiya) – 1:6, 1:6
Jek Molloy (Buyuk Britaniya) – Robertas Vrzesinski (Litva, 3) – 6:4, 7:6(1)
Jeyms Devis (Buyuk Britaniya) – Pavel Petrov (Qozog‘iston) – 3:6, 6:4, 6:3
Izoh (0)