11—12-mart kunlari Namangan shahrida taekvondo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Taekvon-DO milliy assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Olamsport”ning xabar berishicha, ITF yo‘nalishi bo‘yicha “Pahlavon” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan yilning birinchi nufuzli musobaqasida g‘olib chiqqan sportchilar 25—30-mart kunlari oralig‘ida Qozog‘iston mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 380 nafar sportchi qatnashgan turnirning til va masogi yo‘nalishlarida mezbonlar — namanganlik sportchilar umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi. 3-o‘rin Buxoro jamoasiga nasib qilgan bo‘lsa, poytaxtliklar birinchi pog‘onani o‘zlariniki qilib oldi.
Izoh (0)