Xitoylik shaxmatchi Xou Ifan Ukrainaning Lvov shahrida bo‘lib o‘tgan ayollar o‘rtasida jahon chempionligi uchun bahsning to‘qqizinchi partiyasida ukrainalik Mariya Muzichukni yengib, muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. O‘zaro bellashuvdagi hisob 6:3 ko‘rinishini oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xou Ifan 2010—2012 va 2013—2015-yillarda ham mazkur unvon sohibasi bo‘lgan, Muzichuk esa o‘tgan yili Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan jahon birinchiligida muvaffaqiyat qozongandi. Jahon chempioni bunga da’vogarlarlar bilan o‘yinlar natijasiga ko‘ra ma’lum bo‘ladigan erkaklar o‘rtasidagi shaxmatdan farqli ravishda, ayollar o‘rtasida chempion aralash sxemada aniqlanadi. 2010-yildan beri ular o‘rtasidagi jahon chempionatlari nokaut tizimida o‘tkazib kelinmoqda.
Izoh (0)