Facebook’dagi Tashkent Retrospective sahifasi Toshkentning eski shahar qismida joylashgan seysmik yoriq suratini e’lon qildi.
“Shahar markazidan o‘n daqiqalik masofada joylashgan seysmik yoriq. Sirli joy — ‘Jar ariq’ jarligi. Bu yerdan oqib o‘tgan kanal 90-yillarda to‘liq quvurlarga joylangan va ko‘mib tashlangan. Endi bu yerda shu nomli — ‘Jar’ sport majmuasi qad ko‘targan”, — deyiladi postda.
Surat qachon va kim tomonidan tushirilgani noma’lum, biroq u ilmiy-tadqiqot arxividan olingan. U yerda unga nisbatan berilgan izohga ko‘ra, “Jar” jarligi Toshkent shahrida kuzatilgan juda kuchli zilzila oqibatida yuzaga kelgan seysmik yoriq yo‘lidir.
Yoriq yo‘li yer qobig‘ining ikkita plita bir-biriga nisbatan harakatlanadigan qismidir. Ushbu plitalar harakati ko‘pincha zilzilalarga sabab bo‘ladi.
Izoh (0)