O‘zbekistonda 14-mart, dushanba kuni havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kutiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
Xabar berishlaricha, 14-martga o‘tar kechasi Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston tog‘li hududlarida kechasi 0...+5 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +2...+7 daraja, Toshkent shahrida esa +6...+8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
14-mart kuni kunduzi O‘zbekiston tog‘li hududlarida +10 darajagacha, Toshkent shahrida +12 darajagacha iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +15 darajagacha iliq bo‘lishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 14-mart kuni kunduzi havo harorati +10...+15 daraja bo‘ladi, ba’zi joylarda +18 darajagacha ko‘tarilishi mumkin, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +13...+18 darajagacha iliq bo‘ladi.
14-mart kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Toshkent shahrida, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Izoh (0)