O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “Toshkent” fond birjasida “Navoiyazot” va “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatlari davlat ulushlarini umumiy 361,2 million dollar boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Navoiyazot”ning 49% aktivi 200,9 million, “Qizilqumsement”ning 35,9% aksiyasi esa 160,3 million dollarga baholandi.
2015-yil may oyida O‘zbekistondagi davlat ulushi xorijiy investorlarga sotiladigan 68 strategik korxona ro‘yxati tasdiqlandi. Shu yil boshida hukumat 2016-yil 1-iyuliga kelib investorlarga 55 korxona davlat ulushini taklif etishi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)