Nukus shahrida 11-mart, juma kuni kunduzi havo harorati +21,9 darajagacha ko‘tarildi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, bu meteorologik kuzatuvlarning 11-mart tarixidagi 2006-yilda o‘rnatilgan eng iliq havo rekordining takroridir.
2006-yilning 11-mart kuni ham Nukus shahrida havo harorati +21,9 darajagacha ko‘tarilgan edi.
Ma’lumot uchun, Nukus shahrida 2016-yilning yanvar va fevral oylarida ham havo haroratining iliqligi bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatilgan edi.
Izoh (0)