Xonanda Munisa Rizayeva shou-biznes vakillari ishtirokida tarqalayotgan behayo videolarga munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda “Bekajon” gazetasi.
— Shou-biznesda behayolik ko‘payayotgandek. Oxirgi vaqtlarda san’atkorlarning nomaqbul harakatlari aks etgan videolar tarqalib ketayapti...— Shunga o‘xshash vaziyat mening ham boshimdan o‘tgan. Biz san’atkor bo‘lganimiz uchun ham bunday holatlar har xil shov-shuvlarga sabab bo‘ladi. Vaholanki, bunday harakatlar bilan o‘zini ko‘z-ko‘z qilayotgan insonlar oramizda yo‘q emas. Men bunday holatlarni oqlamoqchi emasman. San’atkorning do‘stidan ko‘ra dushmani ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham, har kimga ishonaverish yaramaydi.
Izoh (0)