Xonanda Manzura “Qalampirmunchoq” onlayn-ko‘rsatuvida hamkasblari Rayhon va Munisa Rizayeva bilan munosabatlariga darz ketganini tan oldi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
“Men o‘rtadagi gap-so‘zlarni eslab, buni odamlarga ham aytib, gap ko‘paytirmoqchi emasman. Munisa va Rayhonni muxlislari avval qanday yaxshi ko‘rgan bo‘lsa, shunday yaxshi ko‘raversin. Gapirganim bilan shohim chiqmaydi”, — dedi xonanda.
Avvalroq xonanda Manzura 38 yoshga kirgani, shu vaqtgacha turmushga chiqmaganidan afsuslanmasligini aytgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)