Yaponiyaning Sapporo shahridagi chang‘i bo‘yicha musobaqalarda ro‘y bergan portlashda hech kim jabrlanmagan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy huquq-tartibot idoralari qo‘lida po‘lat naycha bo‘lgan erkakni qo‘lga olgani va uni so‘roq qilgani aytilmoqda.
Kyodo ma’lumotlariga ko‘ra, portlash musobaqa qatnashchilari va tomoshabinlarni 2012-yilda vafot etgan shahzoda Tomoxitoning katta qizi malika Akiko qutlagandan keyin sodir bo‘lgan.
Portlash aynan qayerda ro‘y bergani va buning sabablari haqida hozircha ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)