AQSh prezidentligiga saylovlarda Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lishga da’vogar milliarder Donald Tramp raqibi senator Marko Rubioni saylovoldi poygasini tark etishga chaqirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
5-mart, shanba kuni to‘rtta shtatda bo‘lib o‘tgan praymeriz va kokuslarda Tramp hamda Kruzning qo‘li baland kelgach, milliarder “Marko poygadan chiqishi kerak. Ikki kishi — men va Kruz kurashadigan vaqt keldi. Men buni bajonidil amalga oshiraman, bu juda qiziq bo‘lardi”, deya ta’kidlagan.
To‘rtta shtatda o‘tkazilgan dastlabki saylovlarda Tramp Luiziana va Kentukki, Ted Kruz esa Kanzas va Menda g‘olib chiqqan.
Izoh (0)