5-mart, shanba kuni kechki payt qurollangan afg‘on kontrabandachilari bilan bo‘lib o‘tgan otishmada tojik chegarachisi halok bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
“To‘qqiz kishidan iborat qurollangan guruh tojik chegarasini ‘Quyi Panj’ nazorat-ruxsat berish punkti hududida yorib o‘tib, chegarachilar bilan otishmaga kirishgan”, — deya ta’kidlangan qo‘mita xabarida.
To‘qnashuvda bir kontrabandachi yo‘q qilingan, yana biri jarohat olgan, qolganlari Afg‘onistonga qaytib ketgan. Otishma chog‘ida tojikistonlik chegarachi, praporshchik Suhrob Safolov og‘ir yaralangan va olamdan o‘tgan.
Hodisa joyida tezkor-qidiruv operatsiyasi davom etmoqda.
Izoh (0)