Zimbabve prezidenti Robert Mugabe 92 yoshga to‘lishi sharafiga tantanalar uyushtirib, ularga 1 million dollar sarfladi. Bu haqda Reuters xabariga asoslanib, “RBK” yozmoqda.
Aytilishicha, 800 ming dollarni Zimbabve Afrika milliy ittifoqining yoshlar qanoti to‘plab bergan.
Bayram chog‘ida osmonga 92 ta havo shari uchirilgan, qo‘shiqlar kuylangan va Mugabega bag‘ishlangan she’rlar o‘qilgan.
Mugabe vayronalar shaklida yasalgan ulkan tortni kesib bergan.
Robert Mugabe 1987-yildan beri Zimbabve prezidenti lavozimini egallab keladi. Uning davrida mamlakatda so‘z erkinligi cheklandi, inson huquqlari buzilishi holatlari avj oldi, iqtisodiyot nihoyatda og‘ir ahvolga olib kelindi.
Izoh (0)