Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidentini “Dmitriy Anatolyevich” deb atadi. U Rossiya va Belarus ittifoqdosh davlati oliy kengashining Minskda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvida Putinga shu tariqa murojaat etdi, deya xabar beradi Meduza.
Lukashenko o‘sha zahotiyoq xatosini payqadi. Putin bu noqulay vaziyatga “To‘g‘ri, pullarning hammasi o‘sha yerda”, deya munosabat bildirdi. Putin bu orqali aynan Dmitriy Medvedev boshchiligidagi Rossiya hukumati ikki mamlakat ulushidan shakllantiriladigan ittifoqdosh davlat budjetiga mablag‘ o‘tkazishini nazarda tutgan.
Izoh (0)