O‘zbekiston Amerikaning GOBankingRates moliyaviy portali talqini bo‘yicha yashash uchun eng arzon mamlakatlar reytingida 69-o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Reytingga dunyoning 112 davlati kirdi, u Numbeo xalqaro axborot portali ma’lumotlari asosida tuzildi.
Tahlil chog‘ida mamlakatlar aholining xaridorlik qobiliyati, uy ijarasi narxi, oziq-ovqat mahsulotlari, tovar va xizmatlar narxlari (restoranlar, kommunal to‘lovlar, transport va hokazo) kabi mezonlar bo‘yicha baholandi.
Janubiy Afrika Respublikasi ushbu reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Hindiston ikkinchi, Kosovo uchinchi o‘rinni band etdi.
Reytingda Qozog‘iston beshinchi, Ukraina — 24, Rossiya — 39, Belarus 50-o‘rinda joylashdi.
Izoh (0)