• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Savol—javob: Toshkentda avtobuslar nima sababdan yonyapti?

    Nima bo‘ldi?

    23-fevral, seshanba kuni Toshkentning Yashnobod tumanida 12-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong‘in kelib chiqdi. Yong‘in nima sababdan yuz bergani noma’lum, hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha axborot yo‘q.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Hozirgacha qancha avtobus yongan?

    2013-yil martidan beri (23-fevraldagi yong‘inni ham qo‘shib hisoblaganda) — 15 ta. Bu internet-foydalanuvchilari bevosita guvoh bo‘lgan hodisalar — ular hodisa joyidan foto va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga, video- va fotoservislarga yuklagan, shundan so‘ng mazkur holat haqida ko‘pchilik xabar topgan. Internetda yoritilmagan, internet-foydalanuvchilari guvoh bo‘lmagan boshqa yong‘in holatlari ham bo‘lishi mumkin.

    Shu vaqtgacha faqat bir xil rusumdagi avtobuslar yonganmi?

    Yo‘q. 2013-yilgi dastlabki yong‘inlardan Mercedes-Benz Conecto O345 avtobuslari jabr ko‘rgan edi. 2014-yilning 2-dekabrida, 2015-yilning 15-mayi va 20-iyulida ham xuddi shu rusumdagi avtobuslar yongan. 2014-yilning 14-iyulida yongan 148-avtobusning aynan qaysi rusumda bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q, biroq qolgan barcha holatlarda yangi avtobuslar — Mercedes-Benz Conecto Low Floor’da yong‘in chiqqan. Qiziq tomoni, shu vaqtgacha biror marta O‘zbekistonda yig‘ilgan Isuzu (SamAvto) avtobuslarida yong‘in chiqqani haqida xabar paydo bo‘lmadi.

    Qaysi yo‘nalishdagi avtobuslar ko‘proq yonadi, qaysi yo‘nalishlar xavfsizroq?

    23-fevral kuni yongan avtobus harakatlanuvchi 12-yo‘nalishda 2014-yilning 5-mayida ham xuddi shunday avtobus yongan — bundan boshqa hech bir yo‘nalishda bittadan ortiq avtobus yonmagan (2013-yil 14-iyun, 2014-yil 2-dekabr va 2015-yil 20-iyulda yongan avtobuslarni istisno qilganda — ularning yo‘nalishlari ma’lum emas). E’tiborli tomoni, avtobus yong‘inlari butun shaharni — Qo‘yliqdan Qorasaroygacha, Chilonzordan Yunusobodgacha bo‘lgan hududni qamrab olgan.

    Foto: UZ24

    Foto: UZ24

    Avtobuslardagi yong‘inlardan yo‘lovchilar jabrlanganmi?

    Toshkentdagi avtobus yong‘inlari oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. Yong‘inlar haqidagi xabarlarda jabrlanuvchilar haqida axborot berilmagan.

    Avtobuslar nima sababdan yonayapti o‘zi?

    Avtobuslarning rasman egasi hisoblangan “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi vakillari avtobuslarning yonishi sabablari haqida, “Daryo” hisob-kitobiga ko‘ra, kamida to‘rt marta bayonot bergan. Eng birinchi, 2013-yilgi bayonotda avtobus haydovchisining sigaret chekishi, yo‘lovchilarning salonda lak, sprey kabi tez alanga oluvchi vositalardan foydalanishi yong‘inlarga sabab qilib ko‘rsatilgan edi.

    2014-yildan beri esa avtobuslar yong‘iniga asosiy sabab qilib elektr simlaridagi qisqa tutashuvlar ko‘rsatildi. “Toshshahartransxizmat” bosh muhandisi Mirhosil Xolmatovning ta’kidlashicha, yong‘inlarga “elektr simlari plastik izolyatsiyasi butunligining buzilishi natijasida qisqa tutashuv yuzaga kelayotgani” sabab bo‘lgan. 2015-yilda esa Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi avtobus yong‘inlariga “qisqa tutashuv yoki avtobusning yangi emasligi va texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi asosiy sabab bo‘lishi mumkin”ligi haqida bayonot berdi.

    Foto: “UzTransport.uz”

    Foto: “UzTransport.uz”

    Avtobuslarning yonishiga qarshi qanday choralar ko‘rilyapti?

    “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi tomonidan avtobuslarning yonishi bilan bog‘liq har bir holat yuzasidan yong‘in sabablarini aniqlash bo‘yicha xizmat tekshiruvlari o‘tkazilayotgani haqida 2014-yilda aytilgan edi. Mercedes-Benz avtobuslarining yonishi bilan bog‘liq har bir holat yuzasidan bu avtobuslarning ishlab chiqaruvchisi — Evo Bus GmbH kompaniyasiga xatlar yo‘llangan, ular asosida kompaniya ekspertlari mustaqil tekshiruvlar o‘tkazgan. “Avtobuslarning yonib ketish hollariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yo‘nalishga chiqarilayotgan transport vositalarining texnik va sanitariya holati har kuni nazorat qilinmoqda”, — degan edi “Toshshahartransxizmat” bosh muhandisi Mirhosil Xolmatov. Bu yo‘nalishda (ya’ni, avtobuslarning yonib ketishi holatlarining oldini olish yo‘nalishida) Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ham ish olib boryapti, biroq aynan qanday ishlar olib borilayotgani aniq aytilmagan.

    23.02.2016, 18:23   Izoh (0)   41347
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Family Fitness — birinchi oilaviy fitnes-klub ochildi

    23.02.2016, 15:14

    “Mir kovrov” bilan xonadoningizga munosib sovg‘a hozirlang

    23.02.2016, 13:39

    Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Mehnat vazirligiga aylantirildi

    23.02.2016, 13:18

    “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” temir yo‘l chiptalarini onlayn xarid qilishga imkon beruvchi mobil dasturni ishga tushirmoqda

    23.02.2016, 12:33

    “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tashkil qilinadi

    23.02.2016, 12:22

    Toshkentdagi Inha universitetidan “E-yoshlar” tanlovida g‘olib chiqqan talaba Koreyaga boradi

    23.02.2016, 08:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Chorbog‘ga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 20:40

    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 28 iyun, 19:30

    Rossiya Shvetsiya bilan yadroviy qurilmalar kelishuvini bekor qildi

    Dunyo | 28 iyun, 20:20

    Bir guruh yigitlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 20:00

    “Rossiya Ukrainaning strategik shahri yaqinida 110 ming askar to‘pladi” — Kiyev

    Dunyo | 28 iyun, 19:55

    Bobir Abdiholiqov “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

    Sport | 28 iyun, 19:46

    Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yigit-qizlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 19:40

    Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytadimi? Anchelotti javob berdi

    Sport | 28 iyun, 19:28

    Surxondaryodagi metan zapravkada Nexia-2 portlab ketdi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 19:20

    Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.