23-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Bashar Asad 13-aprelda Suriyada parlament saylovlarini o‘tkazishni taklif qildi. Suriyadagi oxirgi parlament saylovlari 2012-yilda o‘tkazilgan edi.
2. Toshkent shahrida Vengriyaning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi. Ilgari qarorgohi Moskva shahrida bo‘lgan Vengriya Favqulodda va Muxtor Elchisi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tar edi.
3. Toshkentda Mercedes-Benz Conecto Low Floor yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi. Shu sababli Toshkentda avtobuslarning yonishi nega odatiy holga aylanib qolgani haqida “Savol-javob” tayyorladik.
4. Qodirov Checheniston rahbari bo‘lishni istamasligini ma’lum qildi. “Barchasi Allohning irodasi bilan. Agar xizmatda davom et deyishsa, davom etaman, xayr deyishsa – vidolashaman”, – tushuntirdi Qodirov.
5. Telegram’ning bir oylik faol foydalanuvchilari soni 100 mln kishidan oshdi. Ular bir kunda bir-biriga 15 milliard xabar yo‘llamoqda.
Bonusiga test — Marsmi yo Yer?
Izoh (0)