Toshkent shahar hokimining 2016-yil 28-yanvardagi qarori (pdf) bilan “Toshkent shahri qabristonlarida go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun pulli xizmatlar ko‘rsatish tariflarini belgilash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish kiritildi, deb yozadi “Norma.uz”.
Hujjatga muvofiq, Toshkent va Toshkent viloyati qabristonlarida ko‘rsatiladigan pulli xizmatlarning ba’zi tariflari (pdf) tahrirlandi, shuningdek, yangi xizmatlar kiritildi. Masalan, go‘r qazish va marosim xizmatlari uchun jami tariflar o‘rtacha 5,3 foizga indeksatsiya qilindi.
Qator xizmatlar avvalgidek bepul ko‘rsatiladi, bular: qabristonlarda fuqarolarga (tashkilotlarga) dafn uchun uchastkalar berish, ziyoratchilar iltimosiga binoan ajdodlar nomiga tilovat qilish va hokazo.
Izoh (0)